Ta’lim, davlat buyurtmasi va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt – hukumat qarori

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hududlar kesimida aniqlash tartibi to‘g‘risida hukumat qarori tayyorlandi.

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. “Iqtisodiyot tarmoqlarida oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hududlar kesimida aniqlash tartibi to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Invalidnaya kolyaska - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya vazirligi tashkil etiladi

“2019/2020 o‘quv yilidan: talab yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari uchun oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning davlat buyurtmasi asosida;

oliy ta’lim muassasalarining mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi hamda professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, bo‘ysunuviga ko‘ra vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt, magistratura mutaxassisliklariga bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari asosida amalga oshiriladi”, - deyilgan hujjatda.

Loyihada aytilishicha, hokimliklar, vazirlik va idoralar, yirik aksiadorlik jamiyatlari, ishlab chiqarish korxonalari, davlat va tijorat banklarining rahbarlariga – o‘zlari faoliyati olib borayotgan tizimda oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni oqilona va asoslangan holda nizomda keltirilgan shartlar asosida taqdim etilishida shaxsiy mas’uliyat yuklatiladi.

Biznes-ledi. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryoda Malayziya bilan hamkorlikda tadbirkorlik universiteti ochiladi

Hujjatga “Iqtisodiyot tarmoqlarida oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan  Davlat buyurtmasini respublika hududlari kesimida aniqlash tartibi to‘g‘risida” nizom ilova qilingan.

“Oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni respublika hududlari kesimida aniqlash  ikki toifaga ajratilgan holda amalga oshiriladi:

a) talab yuqori, keskin kadrlar tanqisligi mavjud bo‘lgan, davlat ahamiyatiga ega iqtisodiyot tarmoqlari uchun hududlar kesimida mos oliy ta’lim muassasalariga - davlat buyurtmasi asosida;

b) oliy ta’lim muassasalarining mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi hamda professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, bo‘ysunuviga ko‘ra vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt, magistratura mutaxassisliklariga bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari asosida amalga oshiriladi”, - deyilgan hujjatda.

Studenti MISiS - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiya oliygohlari soni 10taga yetdi

Davlat buyurtmasi – iqtisodiyotning soha va tarmoqlarini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlash,  ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashga davlat tomonidan taqdim etiladigan hamda qisman (yoki to‘liq) davlat budjeti hisobiga qoplanadigan ehtiyoj parametrlari.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt - liy ta’lim muassasalarining mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi hamda professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, bo‘ysunuviga ko‘ra vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan qabul parametrlari.

Qaror loyihasi 27-sentabrgacha muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0