Iqtisod

Oʻzbekistonda QQS stavkasi 15 foizgacha tushirilishi mumkin

CC BY-SA 2.0 / Ken Teegardin / Kalkulyator
Kalkulyator - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, QQS stavkasini 5 foizga kamaytirish Davlat byudjetiga tushumlarni taxminan yiliga 10 trln. soʻmga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2 foizga kamayishiga olib keladi.

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda QQS stavkasi  15 foizgacha tushirilishi mumkin.

Iqtisod
Oʻzbekistonning yirik soliq toʻlovchilari roʻyxati eʼlon qilindi

Moliya vazirligi xabarida qayd etilishicha, videoselektor yigʻilishida Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik subektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Moliya vazirligiga qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha tushirish toʻgʻrisidagi prezident  qarori loyihasini kiritish boʻyicha topshiriq bergan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, QQS stavkasini 5 foizga kamaytirish Davlat byudjetiga tushumlarni taxminan yiliga 10 trln. soʻmga yoki Yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2 foizga kamayishiga olib keladi.

Soliq yuki kamaytirilsa ham byudjetga tushumlar 1,5 baravar oshdi

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, Davlat byudjetiga tushumlarni kafolatli taʼminlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgani xabar qilingan edi. Moliya vazirligiga qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini kamaytirish boʻyicha aniq asoslangan taklif kiritish topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0