O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari kengashi rahbari, respublikada go‘sht iste’moli oshib borayotganini, ammo chorva sonini oshirish uchun ozuqa yetishmasligi, bu esa go‘sht narxi oshishiga olib kelayotgani haqida gapirgan edi.
Qozog‘istonlik ekspert fikriga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z chorvachiligini rivojlantirishi uchun barcha imkoniyatga ega, negaki mol yoki qo‘y go‘shtini Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlardan eksport qilish anchayin muammoli holat.
"Olib kelinadigan joy deyarli yo‘q. Qozog‘istonni oladigan bo‘lsak, u bunday imkoniyatga ega emas. Tovuq go‘shtini ishlab-chiqarish haqida gapiradigan bo‘lsak, bu holat ko‘proq Yevropa Ittifoqi yoki Isroil uchun, sharqiy davlatlar emas. Sharqiy davlatlar asrlar davomida shakllangan mentalitetni buzishdan ko‘ra, yirik shoxli hayvonlar sonini ko‘paytirishsa, osonroq bo‘ladi. Buning uchun O‘zbekistonda barcha resurslar mavjud", - deya ishonch bildiradi Sauer.
U shuningdek, sug‘oriladigan yerlar mavjud bir vaqtda, global go‘sht importiga murojaat qilmagan holda, ozuqa bazasi bilan bog‘liq masalani ham hal etish mumkinligini aytdi.
To‘liq izohni quyida rus tilidagi radiopodkastda tinglang.