Qozog‘istonda mingdan ortiq pedofil politsiya hisobiga olingan

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoSIZO g. Alma-Ata Kazaxstan
SIZO g. Alma-Ata Kazaxstan  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston huquq-tartibot organlarida 1 350 pedofil va 2 800 zo‘ravon ro‘yxatga olingan.

TOShKENT, 12 sen – Sputnik. Yil boshidan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan 589 ta huquqbuzarlik ro‘yxatga olingan. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston Ichki ishlar vazirning birinchi o‘rinbosari Marat Kojayevga asosan xabar qildi.

Vaksinatsiya ot kori - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 11 nafar pedofil kimoviy kastratsiya qilishga hukm qilindi

Bugungi kunda 1350 pedofil va 2831 zo‘ravon politsiya hisobiga olingan.

Joriy yilning sakkiz oyi davomida Jinoyat kodeksining 124-moddasi "Voyaga yetmaganlarni axloqsizlikka o‘rgatish" jinoyatlari 5,5 foizga kamaydi. Biroq voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari bilan bog‘liq jinoyatlar soni ko‘paygan.

Har ikkinchi bunday jinoyat kvartira, xususiy uy va yotoqxonalarda sodir etilgan. Shu o‘rinda 77 foiz jinoyatlar yaqin qarindoshlar - otalar, o‘gay otalar, onasi bilan yashaydigan erkaklar, qarindoshlar, qo‘shnilar va tanishlar tomonidan sodir etilgan. Bu jinoyatlarda dalillarni to‘plashda qiyinchiliklar mavjud.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘lik jinoyatlar uchun 1575 mahkum Qozog‘istonning tuzatish muassasalarida jazoni o‘tamoqda.

Yangiliklar lentasi
0