TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Rossiyalik avtobloger test-drayv shousining yangi seriyasini Toshkentda suratga oladi. Bu haqida bloger Instagramda xabar qildi.
“Biz ertaga qaysi mamlakatga uchamiz kim biladi? Toʻgʻri, Oʻzbekiston. U yerda biz yangi D3 formatda koʻrsatuv suratga olamiz”, - deyilgan bloger xabarida.
Erik Davidыch Oʻzbekistonda sinovdan oʻtkazish uchun qaysi avtomobilni tanlagani hozircha maʼlum emas. Rossiyada Erik Davidыch stritreyser va videobloger hamda smotra.ru saytining asoschisi sifatida tanilgan. Davidыch shuningdek GIBDD xodimlari orasida poraxoʻrlikka qarshi kurashuvchi kishi sifatida ham tanilgan.