Bokschi Elnur Abduraimov Yekaterinburgdagi JChda ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi

© Federatsiya boksa UzbekistanaBokser Elnur Abduraimov na ChM v Yekaterinburge
Bokser Elnur Abduraimov na ChM v Yekaterinburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boks bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov ilk jangini jazoirlik Rizo Benbazizga qarshi o‘tkazdi.

TOShKENT, 12 sen – Sputnik. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida - 63 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov ilk jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar qildi.

Elnur birinchi raqibi jazoirlik Reda Benbazizni katta ustunlik bilan yengdi. Hisob o‘zbekistonlikning foydasiga 5:0 deb qayd etildi.

© Federatsiya boksa UzbekistanaUzbekskiy bokser Elnur Abduraimov na ChM v Yekaterinburge
Bokschi Elnur Abduraimov Yekaterinburgdagi JChda ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekskiy bokser Elnur Abduraimov na ChM v Yekaterinburge

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi Shahobiddin Zoirov birinchi jangini turkmanistonlikka qarshi o‘tkazib, raqibini katta ustunlik (5:0) bilan mag‘lubiyatga uchratgani xabar qilingan edi.

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati 8-sentabrdan 21-sentabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0