O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishi sabablari ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Go‘sht narxi oshishiga sabab, birinchidan - ozuqa bazasi yetishmasligi, ikkinchidan - uni ko‘p iste’mol qilinayotgani - fermer xo‘jaliklar kengashi raisi.

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. O‘zbekiston Fermer va dehqon xo‘jaliklari kengashi raisi Aktam Hayitov aytishiga qaraganda go‘sht narxining oshishiga sabab uning ko‘p iste’mol qilinayotganida, deb xabar qilmoqda Kun.uz.

“Go‘sht narxi nega qimmatlab ketapti deb o‘ylaysizlar? To‘g‘ri, ozuqa yetishmasligi birinchi sabab, ikkinchidan, bugun biz juda ko‘p go‘sht iste’mol qilyapmiz. Shunchalik ko‘p go‘sht yemoqdamizki, buning natijasida ko‘pgina kasalliklar paydo bo‘lyapti. Buni “Amerika kasalligi” deyishadi, bu kasallik menda ham bor, hammamizning tanamizda ortiqcha go‘sht bor. Men faqat go‘shtni aytmayapman, ovqatlanish madaniyatimiz yo‘q”, - dedi Hayitov.

Hayitov shuningdek, O‘zbekistonda chorva hayvonlar sonini oshirish uchun ozuqa yetishmaslik muammosini ham ko‘tardi. Uning so‘zlariga ko‘ra, chora sonini oshirishga ozuqa maydonlari va ozuqabop ekinlar yetishtirilayotgan maydonlar kamligi va ushbu sohaga yetarli darajada e’tibor berilmayotganini ham aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha 10-sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan edi.

Yangiliklar lentasi
0