TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Turkiyaning janubiy sharqiy qismida Bitlis provinsiyasida mikroavtobus ag‘anab ketdi. YTH oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi va 7 nafar kishi jarohatlandi.
Bu haqda RIA Novosti Hurriyet gazetasiga asosan xabar qildi.
Jarohatlangan mahalliy shifoxonalarga olib borildi.
NTV telekanali xabar qilishicha, avtobus mahalliy aholini Xizan shahriga olib borgan. Halok bo‘lganlar orasida 6 nafar bolalar.