Toshkentda 23-yoshli MMA chempioni vafot etdi

Obuna bo‘lish
Muslim Omonov, 23-yoshli MMA chempioni mushtlashuvda pichoq bilan yaralanib vafot etdi.

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. O‘tgan tunda Toshkentda 23-yoshli aralash yakkakurashchi Muslim Omonov guruh mushtlashuvi natijasida vafot etdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

10 sentabrdan 11-sentabrga o‘tar kechasi soat 00:50 atrofida Yunusobod tumanidagi kafeda ikki guruh yoshlar orasida janjal kelib chiqqan.

Sud vines prigovor po delu Jamshida Kenjayeva  - Sputnik O‘zbekiston
Jamshid Kenjayev ishi yuzasidan sud hukmi o‘qildi

Shundan so‘ng ular ko‘chaga chiqib Shayxontoxur tumanigacha borishga va o‘sha yerda mushtlashuv sodir bo‘lgan. Oqibatda 3 kishi turli jarohatlar bilan kasalxonaga murojat qilgan. Ulardan biri – 23 yoshli Muslim Omonov vafot etgan. Boshqa manbaalarda aytilishiga ko‘ra, M.Omonov pichoq bilan jarohatlangan.

Ushbu voqea yuzasida O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104 bandi, 3 bo‘limi (Og‘ir tan jarohati yetkazish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hodisada ishtirok etganlarning barchasining shaxsi aniqlangan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun Muslim Omonov kikboks bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, K1 MS bo‘yicha jahon chempioni va 77kg vazn toifasida MMAning Osiyo chempioni unvonlari sohibi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bu so‘nggi yillarda O‘zbekistonda MMA sportchilari bilan sodir bo‘layotgan birnchi hodisa emas. 2018-yilning avgustida MMA jangchisi Jamshid Kenjayev Aurum tungi klubiga kirish joyida vafot etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0