Qirg‘iziston chegarasi yaqinida O‘zbekiston harbiy texnikasi paydo bo‘ldi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovPogranichnik Kirgistana
Pogranichnik Kirgistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kerkidan qishlog‘i aholisi O‘zbekiston harbiylari tomonidan to‘siqlar o‘rnatilishi holati yuzasidan norozilik bildirdi.

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. O‘sh viloyati Aravan tumani Kerkidan qishlog‘i hokimi Kurmanbek Aytibayev tumanda vaziyat barqaror ekanligi va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilganini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Boyevik dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Toliblar Tojikiston chegarasi yaqinida joylashgan yana bir hududni bosib oldi

Xabarda aytilishicha, 10-sentabr kuni O‘zbekiston harbiylari Kerkidan suv ombori tumanidagi qirg‘iz-o‘zbek chegarasida to‘siqlar o‘rnatish ishlarini boshlashdi.

Qirg‘izistonliklar bu to‘siqlar o‘rnatilishi noqonuniy deb hisoblab, ushbu joyda miting o‘tkazishdi.

Kerkidan qishlog‘i hokimi Kurmanbek Aytibayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston harbiylari Kerkidan suv ombori yaqindagi “o‘z uchastkasida” to‘siqlarni o‘rnatishgan.

“Bu uchastkada ikki davlat idoralari tomonidan amalga oshirilgan muzokaralarda hisobga olingan. Biroq davlat chegara belgilari o‘rnatilmagan... Huquq-tartibot organi aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini amalga oshirdi. Hozirgi vaqtda vaziyat barqaror, odamlar tarqab ketdi”, - deb ta’kidladi Aytibayev.

Yangiliklar lentasi
0