O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Rashid Isanov vafot etdi

© NOK UzbekistanaSkonchalsya zaslujenniy trener Respubliki Uzbekistan Rashid Isanov
Skonchalsya zaslujenniy trener Respubliki Uzbekistan Rashid Isanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gimnastika bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi trampolin bo‘yicha murabbiyi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Rashid Isanov 79 yoshida vafot etdi.

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Gimnastika bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi trampolin bo‘yicha murabbiyi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Rashid Isanov 79 yoshida vafot etdi.

Fanat Kaxramonov - Sputnik O‘zbekiston
Boks JCh: Fanat Qahramonov mo‘g‘ilistonlik raqibi ustidan g‘alaba qozondi

Isanov Rashid Zinnurovich 1940-yil Rossiya Federatsiyasida tug‘ilgan. 1963-yil O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan va umrining qolgan qismini mamlakatimizda gimnastika, jumladan trampolin sportining rivojlanishiga, uning taraqqiyotiga bag‘ishlagan. Murabbiylik faoliyati davomida ko‘plab iste’dodli sportchilarni tarbiyalagan.

Xususan, yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini eng ko‘p (5 marta) himoya qilgan va Pekin Olimpiadasi bronza medali sohibi Yekaterina Xilko ham aynan ushbu murabbiyning shogirdi hisoblanadi. Rashid Isanov 1985-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy” unvonini bilan taqdirlangan. U uzoq yillar davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida, shuningdek, 1998-yildan 2018-yilgacha hozirgi gimnastika bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi trampolin bo‘yicha murabbiy sifatida faoliyat olib bordi.

Yangiliklar lentasi
0