TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Toshkentda 11-sentabrda ochilgan xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida Sputnik O‘zbekiston muxbiri ichki kiyim borasida respublika ayollarining istaklari bilan taninish imkoniga ega bo‘ldi.
Ichki liboslar ishlab chiqaruvchi kompaniya direktori Yelena, o‘zbek ayollari qanday turdagi mahsulotlarni afzal ko‘radilar degan savolga tabassum ila: ko‘pchilik fikriga ko‘ra, musulmon ayollari chiroyli ich-kiyimga qiziqmaydi, deb o‘ylaydi. Ammo aslida bunday emas.
"Bilasizmi, bu Osiyo, ya’ni Sharq. Tabiiyki, odamlari ham hashamatni yaxshi ko‘radi", - deydi u.
Yelenaning so‘zlariga ko‘ra, mijozlar sharqona, "uslub jihatidan qadimgi zamonlarni eslatadigan" motivdagi liboslarni tanlashadi. Shu bilan birga, ular qulaylik, jozibadorlik, o‘ziga xoslikni saqlab qolishni istashadi.
"Biz buning uchun noodatiy, ba’zan juda qimmatbaho matolardan foydalangan holda modani ushbu tendensiya bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilmoqdamiz. Har bir mijozga u istagan ichki kiyimni tikib beramiz", - deydi suhbatdosh.
Yelena kichik sirni ochadi: "So‘nggi paytlarda ko‘plab intim mahsulotlarga ixtisoslashgan do‘konlar juda noodatiy narsalar, xususan, charmdan tayyorlangan ichki liboslarni buyurtma qilmoqdalar".
Ayol so‘zlariga ko‘ra, ichki kiyim - bu o‘z imidjni shakllantirish, vaqti-vaqti bilan o‘zini yangi narsalar bilan xursand qilishning ajoyib usuli hisoblanadi.
"Chiroyli, nafis ichki kiyim hech qachon ko‘plik qilmaydi", – deb qo‘shimcha qiladi ayol.