Britaniyaning razvedka samolyoti Rossiya chegarasi yaqinida parvoz qildi

© Sgt Si Pugsley, VVS VelikobritaniiSamolet-razvedchik Boeing RC-135W v VVS Velikobritanii
Samolet-razvedchik Boeing RC-135W v VVS Velikobritanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlariga qarashli radio razvedka samolyoti Rossiyaning shimoliy-g‘arbiy chegarasi yaqinida parvoz amalga oshirdi.

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlariga qarashli radio razvedka samolyoti Rossiyaning shimoliy-g‘arbiy chegarasi yaqinida parvoz amalga oshirdi. Bu haqda RIA Novosti PlaneRadar’ga asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Boeing RC-135W samolyoti uchta Boltiq respublikasi hududi ustidan Leningrad va Pskov viloyati chegaralari yaqinida parvozni amalga oshirdi.

Keyinchalik razvedka samolyoti janub tomon parvoz qilgan va Polsha hududi – Belarus va Kaliningrad viloyati chegaralari yaqinida uchgan.

Kechqurun samolyot o‘z missiyasini yakunlab, aerodrom tomon parvoz qilgan.

Oxirgi vaqtlarda xorijiy uchuvchisiz qurilma va razvedka samolyotlari Rossiya chegaralari yaqinida tez-tez paydo bo‘lmoqda.

Ular Qora dengiz, Kaliningrad viloyati, shuningdek Suriyadagi Rossiya harbiy bazasi yaqinida ko‘rishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0