TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Stokgolm iqtisodiyot maktabi professori Magnus Soderlund kundalik ratsionda odam go‘shti bo‘lishi foydasi haqida gapirdi, deb yozmoqda New York Post olimning Shvetsiya poytaxtida o‘tkazilgan Gastro simpoziumida qilgan chiqishiga tayangan holda.
Uning fikricha, jasadlardan olingan go‘shtni ovqatga iste’mol qilish insoniyatni qutqargan bo‘lardi. Jahon hamjamiyati bu g‘oyaga murojaat qilsa, albatta.
Soderlund o‘rtaga tashlagan taklif munozaralarga boy bo‘ldi. Aksariyat ishtirokchilar "Odam go‘shtini iste’mol qilishni tasavvur qilasizmi?", degancha olim kannibalizmni targ‘ib etayotganini bildirdilar. Ammo Soderlundning so‘zlariga ko‘ra, odamlar yangi taomni ta’tib ko‘rsalar, kannibalizmga qarshi bunday "konservativ" fikrlar o‘zgarishi turgan gap.
Tadbirda, shuningdek, kannibalizm kelajakda oziq-ovqat mahsulotlari barqarorligini ta’minlash muammosiga yechimi bo‘la olishi haqidagi masala muhokama etildi.
Soderlunddan, tadbirdan so‘ng bo‘lgan intervyu davomida, shaxsan o‘zi inson go‘shtini iste’mol qilishga tayyorligi haqida so‘rashganida, olim bu g‘oyaga hamisha ochiqligini bildirgan.
"Men ayrim jur’atsizlikni his qilyapman, lekin o‘ta konservativ emasman… Aytishim kerak-ki… Men uni ta’tib ko‘rishga tayyorman", — degan u.
Olim, shuningdek, alternativ variant tariqasida uy hayvonlari va jonzotlarni yeyishni taklif etgan.
Ta’kidlanishicha, professor g‘oyalarining hayotga tatbiq etilishiga, kannibalizmning inson salomatligi uchun zararligi halal berishi mumkin. Misol uchun, 1960-yillarga qadar Papua-Yangi Gvineya aborigenlari o‘liklar go‘shtini tanovvul qilib kelganlar. Bu amaliyot ular orasida kulayotgan o‘lim, deb ataluvchi - "Kuru kasali" epidemiyasini avj oldirgan.
AQSh Milliy tibbiyot kutubxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kasallik infeksiya agenti – inson miyasidagi zararlangan bosh to‘qimadagi oqsil tomonidan keltirib chiqariladi.