Peskov: "AQSh agenti" Oleg Smolenkov prezident ma’muriyatida ishlagan

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMoskva
Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh "qimmatli shpionini" Rossiyadan maxsus operatsiya yordamida olib chiqib ketgani, bu - "Pulp Fiction", ya’ni shunchaki sarguzasht yoki detektiv toifasidan - dedi Peskov.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Shu kunlarda ayrim AQSh OAVlari tomonidan amerika "qimmatli shpioni" deb atalayotgan Oleg Smolenkov Kreml ma’muriyatida ishlagan, dedi Dmitriy Peskov, RIA Novostiga.

“Xa, rostdan ham Oleg Smolenkov prezident ma’muriyatida ishlagan, lekin bir necha yil oldin u ishdan haydalgan. Uning lavozimi yuqori lavozimar kategoriyasiga kirmagan. OAVlar tomonidan tarqatilayotgan kimdir birovni qutqargani haqidagi gaplar – bu "Pulp Fiction", ya’ni shunchaki detektiv toifasidan”, - dedi Peskov.

NBC telekanali xabariga ko‘ra, AQShning “qimmatli informatori" Vashington shahri yaqinida, AQSh hukumati himoyasida yashaydi.

Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Shpion mojarosi: Lavrov va Avstriya TIV rahbari muzokara o‘tkazdi

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin bir qator AQSh OAVlarida Amerika o‘zining qimmatli shionini 2017-yilda Rossiyadan olib chiqib ketgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Maqolada aytilishiga ko‘ra, bunga sabab prezident Donald Trampning maxfiy qozozlar bilan ishlashda qo‘ygan ehtiyotsizligi bo‘lgan.

Rossiyalik ekspet Igor Nikolaychuk aytishiga qaraganda, ushbu shov-shuvning asl sababi butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin. Kelasi yilda AQShda prezident saylovlari bo‘lib o‘tishi kerak. Bu Tramp raqiblari tomonidan ushbu saylovga o‘ziga xos tayyorlanish bo‘lishi mumkin. Shov-suvning asl sababi – AQSh prezidenti o‘z saylovchilari oldida obro‘sini tushirish bo‘lishi mumkin.

 

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0