Namanganda chaqaloqlar qasddan o‘ldirildi – Bosh prokuratura

© Sputnik / Lesya Polyakova / Mediabankka o‘tishNovorojdenniy malchik
Novorojdenniy malchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura Namangandagi tug‘ruq komplekslaridan birida yuz bergan mudhish jinoyat – chaqaloqlarning qasddan o‘ldirilishi holati yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Namangandagi tug‘ruq komplekslaridan birida yuz bergan mudhish jinoyat – chaqaloqlarning qasddan o‘ldirilishi holati yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Xabarga ko‘ra, 9-sentabr kuni Namangan tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksiga qarashli binoning orqa xovlisidan 2-sentabr kuni tug‘ilgan qiz chaqaloqlar tirik holda topilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Biroq, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan chaqaloqlar vafot etgan.

Aniqlanishicha, 9-sentabr kuni chaqaloqlarning birini dunyoga keltirgan ayol qizining oyoqlari notekis (nuqsonli) tug‘ilganligidan achchiqlanib, undan qutilish maqsadida o‘z chaqalog‘i bilan birgalikda, sodir etayotgan qilmishi fosh bo‘lib qolishini oldini-olish maqsadida shu xonada yotgan M.T.ning qiz chaqalog‘ini ham olib, deraza oynasi orqali ularni tug‘ruq kompleksining 2-qavatidan pastga uloqtirib yuborgan.
Oqibatda chaqaloqlar og‘ir tan jarohatlari olishgan.

Mazkur holat yuzasidan 09.09.2019 yilda tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro D.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-kismi “a,v” bandlari hamda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq kompleksi mas’ul shaxslariga nisbatan 116-moddasi 4-kismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. D.X. protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0