Mirziyoyev Toshkentdagi prezident maktabini ochdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente
Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Sizlarni shunday nufuzli maktabga munosib bo‘lganingiz bilan chin yuragimdan tabriklayman. Siz endi O‘zbekistonning “oltin fondi”sizlar”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-sentabr kuni Toshkent shahridagi prezident maktabiga tashrif buyurdi.

Ta’kidlanishicha, barcha sohalarda ilg‘or taraqqiyot yo‘lidan borayotgan va yuksak marralarni qo‘yayotgan mamlakat uchun har tomonlama yetuk kadrlar kerak.

O‘zbekistonda tashkil etilayotgan prezident maktablari yangi avlod kadrlarini tarbiyalashda muhim asos bo‘ladi. Chunki bu o‘quv maskanlari iqtidorli bolalarni aniqlash, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda ularga saboq berish va tarbiyalash bo‘yicha yaxlit tizim bo‘ladi. Ta’lim jarayoni rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida olib boriladi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente
Mirziyoyev Toshkentdagi prezident maktabini ochdi - Sputnik O‘zbekiston
Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente

Shunday maktablarning birinchisi poytaxtda foydalanishga topshirildi. 168 o‘ringa mo‘ljallangan maktab binosi va yotoqxona, 15 o‘rinli o‘qituvchilar mehmonxonasi yuksak darajada bunyod etildi.

Joriy yilda maktabning 5-10-sinflari uchun hujjat topshirgan 7 mingga yaqin o‘quvchidan 144 nafari o‘qishga qabul qilindi. Kanadaning “Teachaway” va Buyuk Britaniyaning “TIC Recruitment” rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda maktabga 30 nafar chet ellik mutaxassis tanlab olindi. Shuningdek, 72 nafar tajribali va malakali mahalliy o‘qituvchi ham jalb qilindi. Ta’limda STEAM yondashuviga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalari olib kelindi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente
Mirziyoyev Toshkentdagi prezident maktabini ochdi - Sputnik O‘zbekiston
Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

“Sizlarni shunday nufuzli maktabga munosib bo‘lganingiz bilan chin yuragimdan tabriklayman. Siz endi O‘zbekistonning “oltin fondi”sizlar. Xalqning, mamlakatning buyukligini tarannum etadigan narsalar ko‘p. Lekin eng afzali bilim bilan namoyon etish. Yoshlarimiz orasidan Xorazmiylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar chiqishiga barcha asoslarimiz bor”, - deya murojaat qildi prezident yosh avlodga.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente
Mirziyoyev Toshkentdagi prezident maktabini ochdi - Sputnik O‘zbekiston
Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente

Mirziyoyev endi chet eldan kelgan nufuzli mehmonlarga katta-katta zavodlar emas, prezident maktablari ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev prezident maktabining faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi, maktabning ilk o‘quvchi va o‘qituvchilari bilan suratga tushdi.

Prezident maktablari joriy yilda Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida ham ochiladi. 2020-yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida, 2021-yilda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qurilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0