Boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishBoks. Chempionat mira. Mujchini. Vtoroy den
Boks. Chempionat mira. Mujchini. Vtoroy den - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bokschilari jahon chempionatida ildam qadam tashlamoqda. Bugun 81 kg vazn toifasida yana bir g‘alaba qo‘lga kiritildi.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. O‘zbekiston bokschilari jahon chempionatida ilk g‘alabalarni qo‘lga kiritmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Boks Federatsiyasi matbuot xizmati.

Bugun bo‘lib o‘tgan jangda, Dilshodbek Ro‘zmetov mongoliyalik raqibi ustidan g‘alaba qozonib keyingi bosqichga o‘tdi.

“81 kg vaznli bokschimiz Dilshodbek Ro‘zmetov mo‘g‘ulistonlik Shinebayar Narmandaxga qarshi jang qildi va raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi bosqichga yo‘l oldi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz shu kunlarda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda 79 mamlakatdan 340 dan ortiq sportchilar ishtirok etmoqda. Sportchilar 8ta vazn toifasida bellashadi. O‘zbekiston ushbu musobaqada sovrinli o‘rinlar olishga umid qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0