O‘zbekistonda sayyohlar maxsus planshetlarni ijaraga olishlari mumkin

© Goskomturizma Respubliki UzbekistanV aeroportax i na vokzalax Uzbekistana poyavilis punkti prokata planshetov dlya turistov
V aeroportax i na vokzalax Uzbekistana poyavilis punkti prokata planshetov dlya turistov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu planshetlarga O‘zbekistonga sayohat qilayotgan sayyohlar uchun zarur bo‘lgan barcha mobil ilovalar yuklangan,

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekistonning aeroport va vokzallarida chet el fuqarolariga fuqarolari uchun maxsus planshetlar ijarasi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar qildi.

Aziz Abduxakimov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston rossiyalik sayyohlarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqdi - Aziz Abduhakimov

Qayd etilishicha, planshetlar aeroport va vokzallarning kutish zallarida sayyohlarning murojaatlariga ko‘ra berilmoqda. Ushbu planshetlarga O‘zbekistonga sayohat qilayotgan turistlar uchun zarur bo‘lgan barcha mobil ilovalar yuklangan,

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda O‘zbekistonga kelgan mehmonlar qulayligi uchun aeroport, vokzal va sayyohlar gavjum bo‘ladigan joylarda maxsus sim-kartalar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan edi. Rouming xizmati muqobili sifatida ishlab chiqarilgan bu sim-kartani faqat xorijiy fuqaro pasporti bilan xarid qilish mumkin. Bundan tashqari, kelgusida sayyohlarga telefon apparati va mobil router ijaraga berish xizmati ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. 

O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning yangi dasturi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra boshqa mamlakatlardan keladigan mehmonlar oqimi 10 million kishiga ortishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0