TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Qozog‘iston hududidan o‘tayotgan O‘zbekiston yuk avtomobillari toshbo‘ron qilindi deb xabar bermoqda Nurillo Nuriddinov ismli haydovchi Facebookda.
“Qozog‘istondagi Atirau - Astraxan yo‘lida O‘zbekistonning 4ta furalariga katta-katta toshlarni otishdi. Mashinaning hamma joyida toshlarning izi qolgan,old oyna ham sinib ketdi. Ular 10ta yosh bolalar edi. Tosh otib qochib ketayapti”, - deydi haydovchi.
Bundan biroz oldin internetda aynan ushbu haydovchi tomonidan suratga olingan O‘zbekistonlik haydovchilarni jarimaga tortayotgan qozog‘istonlik huquqni saqlash organ xodimi bilan bo‘lgan tortishuv aks etgan video ham joylashtirilgan edi.