TOShKENT, 9 cyen – Sputnik. UFC prezidenti Dana Uayt Habib Nurmagomedovning keyingi raqibi kim bo‘lishini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik chempionning keyingi raqibi Toni Ferguson bo‘lishi kerak.
“Ferguson - Habib uchun keyingi raqib. Albatta, u rozi bo‘lsa. Ko‘ramiz, Habib qachon qaytishga tayyor bo‘larkan”,- dedi Uayt.
Toni Ferguson Nurmagomedovning eski raqiblardan biri hisoblanadi. Ular to‘rt marta oktagonda uchrashishi kerak edi, biroq jang turli sabablarga ko‘ra qoldirib kelingan. Oxirgi marta – amerikalik jangchining jarohati sabab bo‘lgan.
Ferguson ketma-ket 12-marta g‘alaba qozodni. U faoliyatida 25 g‘alabaga erishib, 3 ta mag‘lubiyat bo‘lgan.
Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan jangda rossiyalik aralash yakkakurashchi Habib Nurmagomedov Dastin Puarye ustidan g‘alaba qozondi. Habib Nurmagomedov esa 28-marta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.