7 sentabr kuni Ukraina va Rossiya o‘rtasida mahbuslarni almashish tadbiri o‘tkazildi. Buning natijasida har bir tomondan 35 kishi vataniga qaytdi. Kiyevdan maxsus bort bilan jurnalist Kirill Vishinskiy ham keldi.
Bugun 9-sentabr kuni “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligida jurnalist Kirill Vishinskiyning matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbir boshlanishidan oldin jurnalistning hamkasblari kutib oldi.
Hamkasblar Kirill ozod bo‘lgandan so‘ng, aytgan eng yorqin iborasi: “jurnalist qamoqda qolmasligi kerak” deb yozilgan futbolkani sovg‘a qilishdi.
“Meni kutganingiz uchun rahmat”, - deb minnatdorlik izhor etdi Vishinskiy.