TOShKENT, 9 cyen – Sputnik. Buyuk Britaniyaning Kingston-apon-Xall shahrida er xotin o‘z hovlisida sirli mavjudodni topishdi. Bu haqda RIA Novosti Hull Live nashriga asosan xabar qildi.
Vendi Grey va Endi Veer o‘z hovlisida “ilonga o‘xshash, tishi va tumshug‘i bor bo‘lgan jonzod”ni topishdi. Uy egalari ta’kidlashicha, jonzod osmondan tushgan bo‘lishi mumkin.
'It look like it’s just dropped from the sky' https://t.co/oLfVkFEm22
— Hull Live (@hulllive) 6 sentabrya 2019 g.
Ular uni idishga solib, internetda uni nima ekanligini bilib olishga harakat qilishdi, biroq ular jonzod turini aniqlay olishmadi.
Greyning ta’kidlashicha, “mehmon”ning tanasi yarmi yeb qo‘yilganga o‘xshadi. Ayol bu topilma ko‘rgandan so‘ng uxlay olmaganligini tan oldi.