Habib Nurmagomedov UFC chempioni kamarini himoya qildi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishBoyes smeshannogo stilya Xabib Nurmagomedov
Boyes smeshannogo stilya Xabib Nurmagomedov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har qanday raqib hurmatga sazovor, biz buni barchaga ko‘rsatib qo‘ydik, - dedi Habib Nurmagomedov jangdan so‘ng.

TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Kecha oqshom Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan jangda rossiyalik aralash yakkakurashchi Habib Nurmagomedov Dastin Puarye ustidan g‘alaba qozonib, UFC chempioni titulini himoya qildi, R-Sport xabariga asosan.

UFC yengil vazn toifasida bo‘lib o‘tgan jangda Habib Nurmagomedov o‘ziga xos uslubda, bo‘g‘uvchi uslub yordamida g‘alaba qozondi. Bu Habib sport karyerasida 28 g‘alaba bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz Habib Nurmagomedov biror marta ham yengilmagan jangchi hisoblanadi.

© REUTERS / Christopher PikeXabib Nurmagomedov protiv Dastina Puarye
Habib Nurmagomedov UFC chempioni kamarini himoya qildi - Sputnik O‘zbekiston
Xabib Nurmagomedov protiv Dastina Puarye

Dastin Puarye sport yo‘lida bu oltinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Puarye 25 marotaba g‘alabaga erishgan.

Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan ushbu jangda Habibni qo‘llab-quvatlovchilar soni juda ko‘p edi. Uning sekndanti va maslahatchisi esa – otasi Abdulmanap Nurmagomedov bo‘ldi. Otasi uning oldida bo‘lishi Habib uchun eng katta yordamekanligini Habib oldin ham aytgan edi.

Xabib vs Porye - Prevyu - Sputnik O‘zbekiston
“Men uni sindirishim kerak”: Habib vs Porye - UFC videosi

Eslatib o‘tamiz, AQShda 2018-yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan jangda Abdulmanap Nurmagomedov, AQSh tomonidan viza berilmagani tufayli, kela olmagan edi. O‘shanda Habib Nurmagomedov g‘alabasidan so‘ng raqib jamoasi tomonidan ko‘plab haqoratlar aytilgan va bu jamoalar orasida to‘qnashuv sodir bo‘lishga sabab bo‘lgan edi.

Abu-Dabidagi jang esa sportchilar va jamoalar tomonida o‘zaro hurmat va halollik bilan o‘tdi. Buni jangni kuzatib borishgan mutaxassislarning barchasi qayd etdi. Yakkakurashchilar esa jangdan so‘ng, bir-biriga hurmat ramzi sifatida, o‘zlari kiygan futbolkalari bilan almashib olishdi.

Chestvovanie Xabiba Nurmagomedova v Maxachkale - Sputnik O‘zbekiston
Habib va Puarye o‘rtasida nigohlar to‘qnashuvi qanday o‘tdi - video

“Dastin xayriya ishlari bilan shug‘ullanishidan xabarim bor. Ushbu futbolkani sotib, uning foydasini Dastinning fondiga o‘tkazaman. Biz aralash yakkakurashda eng asosiysi nima ekanligini hammaga ko‘rsatdik - bu raqib tomonga bo‘lgan hurmatdir. Har qanday raqib hurmatga sazovor”,- dedi Habib Nurmagomedov.

“Men ushbu jangga yaxshi tayyorlangan edim, o‘z g‘alabamga ishongan edim, lekin natijadan xafa bo‘ldim. Endi uyga borib o‘z oilam bilan vaqt o‘tkazaman”, - dedi Dastin jurnalistlarga.

UCF chempionlik kamarining navbatdagi talabgori – AQShlik jangchi Toni Ferguson. Bundan oldin Ferguson va Habib orasida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan janglar 4 marotaba qoldirilgan edi. Bu safar esa jangni qoldirish uchun hech qanday sabab yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0