Gruziyada deputat namoyishchilar bilan mushtlashib ketdi

Obuna bo‘lish
Bugun Gruziya parlamenti yangi Hukumat tarkibini tasdiqlashi kerak. Ushbu munosabat bilan Tbilisida ko‘p soni namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.

“Gruziya patriotlari alyansi” nomli muxolifat partiya deputati Emzar Kvitsiani namoyishga chiqqan fuqarolar bilan janjallashib qoldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Gruziya.

Voqea keskin tus ola boshlaganida politsiya aralashib, deputatni o‘z mashinasida namoyishchilar oldidan olib ketadi.

Aytish joizki, so‘nggi bir necha kun davomida Gruziya siyosiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Xususan, bugundan boshlab, Gruziya parlamenti yangi Hukumat tarkibini tasdiqlashi kerak.

Unga ko‘ra, bosh vazir etib sobiq ichkish ishlar vaziri Georgiy Gaxari tayinlanadi, uning o‘rniga esa sobiq DXXsi raisi Vaxtang Gomelauri egallashi kerak. Mudofaa vaziri etib esa, bugun “Gruziya orzusi” partiyasiga yetakchilik qilayotgan Irakliy Garibashvili tayinlanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0