Birinchi elektrobus Toshkent yo‘llariga chiqdi

© Press-slujba "Toshshaxartranksizmat"Elektrobus nachnet perevozit passajirov uje na sleduyushey nedele
Elektrobus nachnet perevozit passajirov uje na sleduyushey nedele - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi elektrobus Toshkent yo‘lovchilariga kelgusi haftadan xizmat ko‘rsata boshlaydi. U 20-25 km masofani bosib o‘tishi mumkin, quvvat olish vaqti esa - 6-8 daqiqaga teng.

TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Kecha 7-sentabr kuni Toshkentda birinchi elektrobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshladi, de xabar qilmoqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.

“Ushbu transport vositasi bugun poytaxt yo‘llariga olib chiqildi. Uning birinchi yo‘lovchilari jamiyat rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bo‘ldi. Elektrobus qatnovi shahar markazida amalga oshiriladi. Elektrobas kelasi hafta yo‘lovchilarga xizmat qila boshlaydi”, - deyilgan xabarda.

Elektrobasning texnik imkoniyatlarini o‘rganish, shunga muvofiq biriktiriladigan yo‘nalishni belgilash maqsadida belorus hamda jamiyat mutaxassislari ilk kuzatuvni amalga oshirdilar.

E420 “Vitovt Elektro” rusumli elektrobas bir martalik quvvat bilan 20-25 kilometr atrofida masofa bosib o‘tadi. Quvvat olish vaqti esa 6-8 daqiqaga teng. O‘rtacha 90 ta yo‘lovchi olib yurish imkoniyatiga ega.

© "Toshshahartransxizmat"Perviy elektrobus v Tashkente
Birinchi elektrobus Toshkent yo‘llariga chiqdi - Sputnik O‘zbekiston
Perviy elektrobus v Tashkente

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin “Toshshahartransxizmat AJ va ”Belarusning «Belkommunmash» kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro memorandumga asosan poytaxt jamoat transporti harakat tarkibida elektrobuslarni sinov tariqasida yurgizish maqsadida bir dona ana shu turdagi transport vositasi Toshkent shahriga keltirilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0