Ekoinspektorlar Mo‘ynoqda brakonyerlar tomonidan o‘qqa tutildi

Obuna bo‘lish
Brakonyerlar voqea joyidan qochib ketishni ko‘zlab, ekologiya qo‘mitasi xodimlari boshqaruvidagi avtomashinani o‘q otar ov miltig‘i bilan o‘qqa tutib, voqea joyidan yashirinishgan.

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlari avtomobili brakonyerlar tomonidan o‘qqa tutildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Riba, izyataya u brakonyerov v xode reyda inspektorami goskomprirodi  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida tabiatga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan brakonyer qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘iston Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining uch nafar xodimi Mo‘ynoq tumanidagi "Akpetkey" ko‘llar tizimida o‘tkazilgan reyd vaqtida, raqamsiz "UAZ" mashinasida noqonuniy ov bilan shug‘ullanayotgani besh fuqaroni aniqlaganlar.

Ular voqea joyidan yashirinishga urinib, inspektorlar boshqaruvidagi avtomashinani o‘qqa tutadilar.

Mazkur holat yuzasidan Mo‘ynoq tuman prokuraturasi tomoindan 2019-yil 6-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolarning shaxsi aniqlanib, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning barchasi ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0