TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Farg‘ona viloyatida MIB qarzdor tomonidan kaltaklandi.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, MIBning Rishton tuman bo‘limi davlat ijrochisi M.O. o‘z xizmat vazifasini bajarish davomida qarzdor M.M.(1990 y.t.) ni “Uchariq” mahallasi xududida uchratgan. Aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzlarini undirish bilan bog‘liq ijro harakatlarini amalga oshirish uchun uni o‘zi bilan birga MIB tuman bo‘limiga borishi lozimligini bildirgan.
Shu vaqtda qarzdor M.M. xodimni haqorat qilib, qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatgan va urib tan jarohati yetkazgan.
O‘zbekistonda hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘rlik ishlatganlar qanday jazolanadi?
Mazkur holat yuzasidan 05.09.2019 yilda tuman prokuraturasi tomonidan M.M nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.