TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Agressiv hakka hujumidan so‘ng bolakay bir ko‘zidan ayrildi, deb xabar berildi Today Tonight efirida. Fojia Britaniyadagi Pert grafligi qo‘riqxonasida ro‘y bergan.
Olti yoshli bolakay Finn Kelli ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan, endi uning faqatgina bitta ko‘zi ko‘radi.
Jabrlangan bolakay onasining so‘zlariga ko‘ra, u o‘ng ko‘zini yopgancha, baqirib yig‘lab yugurib kelgan.
"U yonimga o‘ng ko‘zini yopib, baqirib yugurib keldi, – deya hikoya qiladi bolakayning onasi Steysi. – O‘sha vaqtda ko‘rganim, uning burnidan oqayotgan qon edi".
Ayolning xotirlashicha, bolani aylantirishga borgan joyida hakkalarning odamlarga hujum qilishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi belgini ko‘rgan. Ammo u bu ogohlantirishni jiddiy qabul qilmagan.
Hodisadan so‘ng Steysi jamoatchilikni agressiv qushlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.
Hakkalar o‘z bolalarini himoya qilish uchun uya qurish davrida odatda tepadan hujum qiladilar. Finga hujum qilgan qush bu ishni yerdan amalga oshirgan, kutilmaganda sakragan va bolakayning ko‘zini cho‘qib olgan.