TOShKENT, 5 sen - Sputnik. G‘arb yetakchiligi o‘z poyoniga yetayotgani hech kimga sir emas, bugungi kunda samarali xalqaro tashkilotni Hindiston va Xitoysiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"O‘ylaymanki, bugungi kunda hech kimga sir emas - prezident (Fransiya prezidenti Emmanuel) Makron ham yaqinda buni ta’kidladi, G‘arb yetakchiligi poyoniga yetmoqda", - deb bayonot qildi Putin Sharqiy iqtisodiy forum yalpi majlisida.
Rossiya yetakchisi so‘zlariga ko‘ra, u bugungi kunda Hindiston va Xitoysiz faoliyat yuritayotgan samarali xalqaro tashkilotni xayoliga ham keltira olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Beshinchi Sharqiy iqtisodiy forum Vladivostokda 4-6 sentabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi VEF (sharqiy iqtisodiy forum) bosh axborot hamkoridir.