TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Moskva shahridagi L.A.Voroxobov nomli 67-son shahar klinik kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida yotgan Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti talabasi, O‘zbekiston fuqarosi U.Baxronov to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi. Bu haqda TIV xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, vaziyat nazoratga olingan, elchixona xodimlari tibbiyot muassasasida bo‘lib bemorning yaqinlari, muassasa rahbariyati va davolayotgan shifokorlar bilan uchrashganlar.
Shuningdek, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga tashxisni aniqlash va muolaja o‘tkazishda qo‘shimcha choralar ko‘rish, jumladan, mutaxassislarni jalb qilish iltimosi bilan murojaat qilganlar.
Bugun qator OAVlarda Moskvada Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti talabasi bo‘lgan o‘zbekistonlik komaga tushib qolgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandi.