O‘zbekistonga dron olib o‘tishga uringan fuqaro to‘xtatib qolindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishBespilotnik
Bespilotnik  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning yukida hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan 1 dona “Discovery” nomli uchuvchisiz uchish apparati borligi ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Surxondaryo viloyati bojxona boshkarmasi Boldir temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakat hududidan yo‘lovchi poyezdida yo‘lovchi sifatida kirib kelgan fuqaro K.G. bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

“Natijada  mazkur fuqaroning qo‘l yuklari orasidan og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan 1 dona “Discovery” nomli uchuvchisiz uchish apparati borligi ma’lum bo‘ldi”, - Bojxona qo‘mitasi xabarida.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga dronlarni noqonuniy olib kirganlik uchun qamoq jazosi belgilangan. Jinoyat kodeksiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0