Yekaterinburglik milliarder Aleksandr Simanovskiy o‘zi o‘qigan maktabni haqiqiy shoh qasriga aylantirdi.
Yangi o‘quv yilida Yekaterinburgdagi 106 maktabga kelgan o‘qituvchilar va bolalar hayratda qolishdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi: polda marmar tosh, devorlarda oltin suvi yuritilgan bezaklar, shipda ulkan va qimmatbaho qandillar. Xullas maktab emas Parijdagi Luvr saroyi yoki Sankt-Peterburgdagi Ermitajning filiali.
"O‘z ishini sevgan kishi uni sa’atga aylantiradi", - deb yozilgan maktab devorlarida.
Simanovskiyning o‘zi aytishiga qarganda u maktabda o‘qib yurgan vaqtlarida aynan shunday bino haqida orzu qilgan. Internetda ayrim blogerlar buni “lo‘lilar saroyi” deb atagan bo‘lsada, mahalliy hukumat, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning ota-onalari milliarderga minnatdorlik bildirishmoqda.