Hokim o‘rinbosarini yoqib yubormoqchi bo‘lgan tadbirkor shartli ravishda ozodlikka chiqarildi

© Sputnik / Aleksey Vovk / Mediabankka o‘tishSotrudnik pravooxranitelnix organov snimayet naruchniki
Sotrudnik pravooxranitelnix organov snimayet naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayblanuvchi B.Isamovga nisbatan e’lon qilingan ayblov JKning 25, 98-moddasiga qayta malakalanib, qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasi, “garov” ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan.

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan B.Isamovga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari tamomlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Sobaka v kinologicheskom sentre - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand rasmiylari qotillikni tan oldi

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga, 20.07.2019 yilda B.Isamov Yakkabog‘ tumanidagi “Eski Yakkabog‘” qo‘rg‘oni ko‘chalarida obodonlashtirish va qurilish ishlari jarayonida tuman hokimining o‘rinbosari M.Tuymayevning yuz qismiga benzin sepib, uni yoqib  yuborib, o‘ldirishga suiqasd qilganligi holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar asos bo‘lgan.

B.Isamov JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “g,l” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, sudning ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan.

Tergov davomida o‘tkazilgan sud psixologiya ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayblanuvchi B.Isamov mazkur jinoyatni sodir qilgan vaqtida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida bo‘lgan.

Vosstanovlenniy magazin yakkabagskogo predprinimatelya - Sputnik O‘zbekiston
Yakkabog‘lik tadbirkor: bizga yordam kerakmas, dadam qamoqdan chiqsa bo‘ldi

Yuqoridagilarga ko‘ra, ayblanuvchi B.Isamovga nisbatan e’lon qilingan ayblov JKning 25, 98-moddasiga qayta malakalanib, qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasi, “garov” ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan.

Bundan tashqari, tergov davomida Yakkabog‘ tumani xokimining o‘rinbosari M.Tuymayevning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, unga nisbatan JKning 192[1]-moddasi 3-qismi “a” bandi va 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilingan hamda munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi “tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi 30.08.2019 yilda ayblov xulosasi bilan JIB Yakkabog‘ tumani sudiga yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0