TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekistonda davlat lavozimlari erkak va ayollar orasida teng taqsimlanadigan bo‘ladi. Ushbu tartib “Erkaklar va ayollar teng huquqlari to‘g‘risidagi” prezident qarorida belgilangan deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Davlat xizmatida genderlar tengligini ta’minlash maqsadida, xizmatchilar jinsiga vaqtincha kvotalar kiritilishi mumkin. Erkak va ayollar soni teng bo‘lganidan so‘ng kvotalar belgilash tartibi bekoq qilinadi”, - deyilgan qaror matnida.
Yanga tartibga ko‘ra, qonun normalarida genderlar diskriminatsiya holatlarini aniqlash uchun ular gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin. Shuningdek, gender diskriminatsiyasiga duch kelgan fuqaro, sudga murojaat qilishi ham mumkin.
Yangi qonunda, ayollar bola parvarishi, erkaklar harbiy xizmatga chaqirilish kabi holatlar gender diskriminatsiyaga kirmasligi ham aytib o‘tilgan. Undan tashqari, genderlarning teng huquqlari hatto qamoqxonalarda ham nazorat ostiga olinishi ta’kidlangan.
Erkak va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratish siyosati – gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ma’lumot uchun, 2019-yilning fevral oyida Jahon banki “Ayollar, biznes va qonun” mavzusida o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra genderlar tengligi bo‘yicha O‘zbekiston 100 balldan 70,6 ball to‘plab MDH mamlakatlari orasida eng so‘nggi o‘rinni egallagan. Moldova - 84, Armaniston - 83, Tojikiston - 83, Ozarbayjon, Belarus, Ukraina - 78, Qirg‘iziston - 76, Qozog‘iston – 75, Rossiya – 73 ball jamlagan.
Ushbu statistikaning eng yuqori qatorlaridan 100 ballik ko‘rsatgich bilan Belgiya, Daniya va Fransiya egallagan. Eng so‘nggi o‘rinlarida esa Sudan, BAA - 29,3 ball va Saudiya Arabistoni – 25,6 ball.
Eslatib o‘tamiz, bugun nafaqat rivojlangan davlatlarda balkim nufuzli xalqaro tashkilotlarda ham genderlar tengligiga katta e’tibor berilmoqda. Xususan, BMT bosh kotibi Antonio Guterrish ham 2018-yilning fevral oyida BMTda ishlayotgan ayollar va erkaklar soni vanihoyat bir xil bo‘lganini g‘urur bilan e’lon qilgan edi.