“Kriminallar prezidenti!”: Gruziyada norozilik namoyishi – video

Obuna bo‘lish
Tbilisida “Kriminallar prezidenti” shiori ostida muxolifat namoyishlari bo‘lib o‘tdi. O‘nlab kishilar qo‘llarida “Ma’suliyatsiz prezident”, “Uyat”, “Kim afv qilishni topshiriq berdi?” degan yozuvlar bilan Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili qarorgohi oldida to‘plandi.

Prezident Salome Zurabishvilining politsiya xodimi qotilini afv etgani norozilik namoyishiga sabab bo‘ldi. O‘nlab kishilar qo‘llarida “Ma’suliyatsiz prezident”, “Uyat”, “Kim afv qilishni topshiriq berdi?” degan yozuvlar bilan Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili qarorgohi oldida to‘plandi.

22 yoshli politsiya xodimi Tarash Mukbanyan 2014-yil 27-dekabrda Batumidagi tungi klublarning birida o‘ldirilgandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u va mast holatda bo‘lgan Ramaz Devadze o‘rtasida janjal yuzaga keladi. Janjal vaqtida Devadze politsiya xodimining xizmat qurolini tortib olib, unga qarata o‘q uzadi. Natijada 22 yoshli Mukbanyan voqea joyida halok bo‘ladi.

2015 yil sentabr oyida Devadze 12-yil ozodlikdan mahrum qilinadi. U bir necha kun ilgari prezidentning afv to‘g‘risidagi farmoni bilan ozodlikka chiqdi. Bu esa o‘z navbatida muxolifatchilarning yangi norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi.

Gruziya prezidenti namoyish ishtirokchilari qarshisiga chiqmagan, ilgariroq esa bu mavzuga izoh berishdan bosh tortgan.

Yangiliklar lentasi
0