Bu yilgi mushakbozlik eng baland va eng chiroyli bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan mushakbozlikning yorqin lahzalarini videolavhamizda tomosha qiling.

O‘zbekiston Mustaqilligining 28-yilligiga bag‘ishlangan bayromona mushakbozlik 1-sentabr kuni soat 21:00da boshlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Toshkent shahar hokimligi ushbu yilgi "Mustaqillik kunida toshkentliklarni butun tariximiz davomidagi eng baland va eng go‘zal mushakbozlik kutmoqda", - deb xabar berishgan edi. 

Darhaqiqat bu yilgi mushakbozlik ajoyib bo‘ldi. Oldin xabar berganimizdek, 9 daqiqa davom etgan salyutlar balandligi 350 metrga yetdi.

Mustaqillik kunida Toshkentdagi "Brodvey", Alisher Navoiy nomidagi teatr hududi, Respublika baynalminal madaniy markazi va tumanlar markazlari va parklarida xalq sayllari o‘tkazildi. 

 

Yangiliklar lentasi
0