Tojikistonda Rog‘un GESning ikkinchi agregati 9-sentabr, Tojikiston Mustaqilligining 28-yilligi kuni ishga tushiriladi.
Ekspertning ta’kidlashicha, Rog‘un GESning ikkinchi agregati ishga tushirilishi butun Markaziy Osiyodagi energetika sohasida o‘ta muhim va so‘nggi bo‘lmagan voqea sanaladi.
Rog‘un stansiyasi qancha elektr energiya ishlab chiqarganligi ma’lum bo‘ldi
Vladimir Tetelmin elektr energiyasi universal ekani, uni sotish mumkinligi, ortiqcha energiyasi bo‘lgan davlatlar uni sotayotganini qayd etdi.
Elektr energiyasi endilikda tovar bo‘lmoqda. Ekspertning fikriga ko‘ra, bu o‘z navbatida Markaziy Osiyo mamlakatlarini jipslashtiradi.
“Elektr energiyasiga bo‘lgan har qanday ehtiyoj mamlakatlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, <...> Markaziy Osiyo mamlakatlari bir-birlari bilan yaxshi aloqada”, - dedi Vladimir Tetelmin Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.
Ekspertning fikriga ko‘ra, ikkinchidan so‘ng uchinchisi ham albatta ishga tushiriladi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat gidroenergetika sohasida hozirda faqat 50 foizidan foydalanilgan katta imkoniyat va salohiyatlarga ega.
O‘zbekiston-Tojikiston do‘stligi Rog‘un GESini qurilishini bitkazishga yordam beradi
Shuningdek, Tetelmin Markaziy Osiyo Pomir va Tiyonshon tog‘ tizmalari katta gidroenergiya quvvatiga egaligi, shuning uchun kelajakda ulardan foydalanish mumkinligiga aniqlik kiritdi.