Sun’iy aql yadroviy urushni boshlashi mumkin – AQSh sobiq Mudofaa vaziri muovini

© Fotolia / Romolo TavaniYaderniy vzriv
Yaderniy vzriv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy maqsadlarda sun’iy aqldan foydalanish halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, - deydi AQSh sobiq Mudofaa vaziri o‘rinbosari.

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Harbiylar yadroviy zarba berish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda sun’iy intellekt tizimidan foydalanishi jiddiy xavf tug‘diradi. Bu haqda Breaking Defense nashri AQSh sobiq Mudofaa vaziri o‘rinbosari Robert Uorkga asosan xabar qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

AQSh Yevropada yadroviy quroldan foydalanishga tayyorlanmoqda – Rossiya TIV 

Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy aql tizimi yadroviy qurolni boshqarida ishtirok etishi kerak emas, chunki ular ma’lum parametr va ko‘rsatkichlarga asosan ishga tushiriladi.

Ba’zi holatlarda sun’iy intellekt xavfli bo‘lmagan omillarni tahdid sifatida qabul qilishi mumkin va bu "xavotirli istiqbol" dir.

Xususan, Rossiyaning “Perimetr” tizimi misol tariqasida keltiriladi. Bu tizim seysmik faollikni yadroviy portlash sifatida qabul qilishi mumkin, shundan so‘ng u qo‘shinlar bosh shtabiga so‘rov yuboradi va agar javob kelmasa, qit’alararo ballistik raketalarni ishga tushirish haqida buyruq berishi mumkin.

Bundan tashqari, harbiy maqsadlarda sun’iy aqldan foydalanish halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jumladan, razvedka ma’lumotlarini tahlil qilish, shuningdek, erta ogohlantirish tizimlarida qo‘llash sohalarda xavfli bo‘lishi mumkin.

“Tasavvur qiling-a, Xitoy qo‘shinlarining qo‘mondonlik markazidagi sun’iy intellekt tizimi tezkor ma’lumotlarni tahlil qilib, AQSh Xitoyga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani ma’lum qilib, ogohlantiruvchi zarba berishni tavsiya qiladi”, - deydi Uork.

Shunga qaramay, sun’iy intellekt harbiy kuchlar uchun foydali bo‘lishi mumkin, ammo undan foydalanish cheklangan bo‘lishi kerak va yadroviy qurolga nisbatan qo‘llanilmasligi shart, chunki bu "katta fojia" ga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi aqshlik mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0