Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Rog‘un GES – Markaziy Osiyo davlatlarining YeOIIga qo‘shilishi uchun birinchi qadam

© courtesy of Anastasia LikhachevaZamestitel direktora Sentra kompleksnix yevropeyskix i mejdunarodnix issledovaniy NII VShE Anastasiya Lixacheva
Zamestitel direktora Sentra kompleksnix yevropeyskix i mejdunarodnix issledovaniy NII VShE Anastasiya Lixacheva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy iqtisodiyot maktabi tadqiqot instituti Yevropa va xalqaro kompleks tadqiqotlarm markazi direktori muovini Anastasiya Lixacheva Rog‘un GES 2-chi agregatini ishga tushirilishi Tojikiston YeOIIga kirishiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida Sputnikga fikrlarini bildirdi.

Uning fikriga ko‘ra, Rog‘un GES quvvatini oshirilishi Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlariga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.

Agar Rossiya bilan integratsiya haqida gapiradigan bo‘lsak – bu kompleks jarayon bo‘lishi kerak. Bu yerda institutlar, birinchi navbatda YeOII darajasida muloqot bo‘ladi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqqa qo‘shilish faqat Tojikistonda yangi energetika quvvatlarini ishga tushirish bilan bog‘liq bo‘lmaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri bunday ta’sir qilish mumkin emas, - deydi Lixachova.

“Shak-shubhasiz, O‘zbekiston va Tojikistonda ma’lum vaqtdan beri YeOIIga a’zo bo‘lish to‘g‘risida munozara va tadqiqotlar olib borilmoqda. O‘zbekiston tashqi savdo hajmining 75 foizi YeOIIga bo‘lgan davlatlar xissasiga to‘g‘ri keladi. Albatta, bu mamlakatlar uchun tashqi savdoni tartibga solish masalasi juda muhim", - deydi ekspert.

Shuningdek, mehnat bozorini tartibga solish masalasi ham bu mamlakatlar uchun dolzarb ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Mutaxassisning to‘liq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Lixacheva: o zapuske vtorogo agregata Rogunskoy GES v Tadjikistane
Yangiliklar lentasi
0