Xitoy Tojikistonga neftni qayta ishlash zavodi qurib berdi

© Sputnik / Yevgeniy SamarinNeftepererabativayushiy zavod
Neftepererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistondagi neft zavodi bir yilda 300 tonnadan 500 000 tonnagacha neftni qayta ishlash quvvatiga ega.

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Xitoyning  SNPC kompaniyasi Tojikistonda neftni qayta ishlovchi yirik zavod qurilishini yakunladi, deb xabar qilmoqda UzA.

Neftni qayta ishlovchi zavod “Dang‘ara” erkin iqtisodiy zonasida “TK-Oil” tojik-xitoy qo‘shma korxonasi bilan birgalikda qurildi. Mazkur zavod bir yilda 300 tonnadan 500 000 tonnagacha neftni qayta ishlash imkoniyatiga ega.

Neftepererabativayushiy kompleks. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya Jizzax neft zavodi qurilishiga sarmoya kiritishi mumkin

“Dang‘ara” Erkin iqtisodiy zona injenerlarining aytishlaricha, xom neft mahsulotini olib kelish uchun avvaliga temir yo‘l qurilishi rejalashtirilgan, ammo temir yo‘l katta transport yo‘lini kesib o‘tishi ma’lum bo‘lgach, ko‘prik qurilishi zarur bo‘lib qoldi. Shu sababli zavodga qadar neft quvurlari yotqizildi, Xitoyliklarning hisob-kitoblariga qaraganda bu yo‘l arzonga tushar ekan.

Ayni damda Xitoy kompaniyasi Qozog‘istondan neft importi borasida muzokaralar olib bormoqda, biroq Mo‘minovning aytishicha, hozircha korxonaga xom neft olib kelinmagan.

Dang‘aradagi neftni qayta ishlovchi zavod 2016-yilning kuzida ishga tushishi kerak edi, biroq bir necha yildan beri uning ishga tushirilishi keyinga qoldirib kelinadi. Buning sabablaridan biri mamlakatdagi muammoli bank bo‘lmish “Agroinvestbank“da 12 million dollarning ushlanib qolinishidir.

Neftanaya platforma - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onadagi neft zavodi xorijiy investorga sotiladi

Yaqinda Dang‘ara tuman raisining birinchi o‘rinbosari Jamshed Sharifzoda matbuot anjumanlaridan birida bayonot berib, neftni qayta ishlovchi zavod investori “Agroinvestbank“dan o‘zining 12 million dollarini olgani va zavod endilikda sinov rejimida faoliyat yuritayotganini aytgan edi.

Tojikiston neftning katta qismini Rossiyadan import qiladi. Shartnomaga ko‘ra bu mamlakat Tojikistonga boj to‘lovlarisiz bir million tonnagacha neft yetkazib berishi kerak. Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2018-yilda Tojikiston 310,8 million dollarlik 446 000 tonna neft import qilgan.

Yangiliklar lentasi
0