Rossiya tomoni "Tolibon" va AQSh o‘rtasidagi bitimni barcha tomonlar tasdiqlagach, ushbu hujjatning imzolanishi marosimida ishtirok etmoqchi.
Mendkovichning fikriga ko‘ra, hatto bitim imzolangandan keyin ham, optimistik prognozlarga berilish kerak emas.
"Avval boshdan ushbu bitimning imzolanishida Rossiya Federatsiyasining kuzatuvchi va kafil sifatidagi ishtiroki muhokama qilingan edi, chunki "Tolibon" radikal harakati a’zolari AQShga ishonishmaydi. Rossiya chetdan turib kuzatuvchi maqomini oladi, uning roli tinchlik kelishuviga ikkala tomon ham amal qilishini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Shu bilan birga, shaxsan men tinchlik tezda o‘rnatilishiga amin emasman", - dedi ekspert Sputnik radiosi efirida.
U shuningdek, "Tolibon" harakati asosiy rahbariyati va uning aksariyat kuchlari ushbu muzokaralarni tan olishlarini, ammo bu bitim imzolanishini istamayotganlar ham borligini ta’kidlab o‘tdi.
Tomonlarning o‘zaro ishonchsizligi va Afg‘onistondagi ziddiylashgan vaziyatni inobatga olgan holda, rasmiy Qobul va toliblar o‘rtasidagi munosabatlar qandaydir boshqacha usulda tartibga solinadi, deb hisoblaydi Mendkovich.