TOShKENT, 31 avg - Sputnik. O‘zbekiston Mustaqilligining 28-yilligiga bag‘ishlangan bayromona mushakbozlik 1-sentabr kuni 19:00da boshlanadi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.
"Birinchi sentabr kuni kechki to‘qqizda toshkentliklarni butun tariximiz davomidagi eng baland va eng go‘zal mushakbozlik kutmoqda", - deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, salyutlar balandligi 350 metrga yetadi, to‘qqiz daqiqa davomida ikki mingdan ziyod rang-barang yog‘dular "Xalqlar do‘stligi" saroyi orqasini yoritadi.
Shuningdek, "Brodvey", Alisher Navoiy nomidagi teatr hududi, Respublika baynalminal madaniy markazi va tumanlar markazlari va parklarida xalq sayllarini o‘tkazish rejalashtirilgan.