TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda “Markaziy bank toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur qonunning maqsadi Oʻzbekiston MBning huquqiy maqomi, funktsiyalari, asosiy maqsadlari, vakolatlari, tashkil etilishi va faoliyati printsiplarini belgilash hamda uning faoliyatini tashkil etish va tartibga solishdan iborat.
Bunda, Markaziy bankning bosh maqsadi narxlar barqarorligini, bank tizimi hamda toʻlov tizimi barqarorligini taʼminlash sifatida belgiladi.
Shu bilan birga, qonun loyihasida pul-kredit siyosati va uning instrumentlarini takomillashtirish, pul-kredit sohasida amalga oshirilayotgan siyosat va choralarning shaffofligini oshirish koʻzda tutilgan.
Qolaversa, MBning boshqaruv sifatlari va banklarning risklarni boshqarish tizimiga taʼsiri mexanizmlarini ishlab chiqish, maʼlumotlar yigʻish va tahlil qilish tizimining samaradorligini oshirirish rivojlantiriladi. Bank tizimining moliyaviy barqarorligi mustahkamlanadi.
Shuningdek, markaziy bank faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va oshkoraligini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining Kengashi tasdiqlaydigan ikkita mustaqil Boshqaruv aʼzolari kiritiladi.
Pul-kredit siyosatinining asosiy uning interpretatsiyasi va koʻrsatkichlarini, shu jumladan pul massasining tarkibini va dinamikasini, bank tizimining statistik maʼlumotlarini, Markaziy bankning faoliyatini umumlashtirilgan maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Markaziy bank oʻzining tartibga solish va nazorat qilish funktsiyalari amalga oshirishi uchun doimiy ishlovchi organi – Markaziy bankning bank nazorati Qoʻmitasi tashkil etiladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Markaziy banki 20 avgustdan boshlab mamlakatda naqd valyuta ayirboshlashni va valyuta kurslarini belgilashni erkinlashtirgan edi.