TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Samarqandda 15 kishini tishlangan it ushlandi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Samarqand IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 2019-yil 28-avgust kuni soat 01:30 da Samarqand shahar DSENM tomonidan telefon orqali berilgan xabarnoma kelib tushgan. Unda taxminan 2-3 yoshli, oq qora rangli it bir nechta shaxslarni tishlagani qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, shahar ko‘chalarida it jami 15 nafar fuqarolarga tashlanib, turli xil darajada tirnab, tishlaganligi aniqlangan.
Favqulodda barcha fuqarolar viloyat ortopediya va shikastlanganligi oqibatida barchalari shifoxonalarga gospitalizatsiya qilinib, zudlik bilan antirabik emlash kursi olib borilmokda.
Quturgan it tomonidan jarohat olgan barcha bemorlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi nazoratiga olingan.
Holat yuzasidan 2019-yil 28-avgust kuni soat 3:00 da shahar IIB PPXB va JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari va it ovlash brigadasi xodimlari tomonidan olib borilgan ushlab olish tadbiri davomida quturganlikda gumon qilingan itni ushlandi.
Ushlash jarayonida tadbir ishtirokchisi bo‘lgan IIB xodimini ham tishlab olganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu itni shahar veterinariya bo‘limi tomonidan viloyat veterinariya boshqarmasining virusologiya laboratoriyasiga yuborilgan.