TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi Hindistonning “Minerva world of knowledge” MChJ kompaniyasi bilan yangi investitsiya kelishuvi imzolashdi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.
Sergeli hududida yaqin 5-yil ichida Hindiston kompaniyasi tomonidan aholi turar joylari, yangi universitet, tibbiyot va sport majmuasi, maktabgacha ta’lim muassasasi, savdo-ko‘ngilochar majmua va yotoqxonalar quriladi, - deyilgan xabarda.
Ushbu kelishuv kompaniya bilan 4oy davomida olib borilgan muzokaralar natijasi bo‘ldi.
Toshkent shahar hokimiyati va “Minerva world of knowledge” MChJ kompaniyasi orasida imzolangan investitsion shartnomaning umumiy qiymati 500 million dollarni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, 27-avgust kuni Toshkent shhar hokimligida Jahongir Ortiqxo‘jayev hamda Anil Kumar Shastri boshchiligidagi Hindiston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.