TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Yesemurat Sultamuratovich Kanyazov O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 27-avgustdagi PQ–4428-son qaroriga asosan boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universitetining rektori lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan E.S.Kanyazov Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.