O‘zbekistonda ayrim shaxslarning pasporti amal qilishi to‘xtatib turilishi mumkin

Obuna bo‘lish
Endilikda qidiruvdagi ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasport (harakatlanish hujjati)dan foydalanib chet elga chiqib ketishi yoki xorijda harakatlanishi mumkin deb hisoblansa, mazkur pasport (harakatlanish hujjati)ning amal qilishi sud tartibida to‘xtatib turilishi mumkin.

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Jinoyat-protsessual kodeksiga pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishga oid norma kiritildi.

Pervie zagranpasporta vrucheni svoim vladelsam - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda “pasport stoli” dam olish kunlari ham ishlaydi

Ya’ni, endilikda qidiruvdagi ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasport (harakatlanish hujjati)dan foydalanib chet elga chiqib ketishi yoki xorijda harakatlanishi mumkin deb hisoblansa, mazkur pasport (harakatlanish hujjati)ning amal qilishi sud tartibida to‘xtatib turilishi mumkin.

Pasportning amal qilishini to‘xtatib turish ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish, uning bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish, hukmning ijro etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Pasport (harakatlanish hujjati)ning amal qilishini to‘xtatib turish deganda pasportning, biometrik pasportining, xorijga chiqish uchun biometrik pasportning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilishini vaqtinchalik to‘xtatib turish tushuniladi.

Bunda pasportning (harakatlanish hujjatning) amal qilishini to‘xtatib turish faqat davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qo‘llaniladi.

Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tugatishga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning huquqiy maqomi bekor qilinishiga olib kelmaydi.

Yangiliklar lentasi
0