TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Bugun valyuta birjasida AQSh dollari kursi ilk bor 9403 so‘mni tashkil qildi. Bu 28-avgustda qayd etilgan kursga nisbatan 21 so‘mga ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, 20-avgustda Markaziy bank dollar kursini erkin suzishga qo‘yib yuborgan edi. Shu kundan boshlar dollar qiymati valyuta birjasida talab va taklifga asosan belgilanib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, valyuta birjasi kursi banklardagi kursdan farq qilishi – bu odatiy holdir. Masalan Rossiyada valyuta birjasida kurs odatda Markaziy bank kursidan ko‘ra yuqoriroq.