Xitoy o‘z portiga AQSh harbiy kemasini kiritmadi – OAV

Obuna bo‘lish
Xitoy Sindao portiga AQSh harbiy kemasi kirishiga ruxsat bermadi.

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Xitoy AQSh harbiy kemasini yaqin kunlarda Sindao portiga kirishiga ruxsat berish haqida murojaatga rad javobini berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Savdo urushi: Xitoy AQSh qishloq xo‘jalik mahsulotlarni sotib olishni to‘xtatdi

Ta’kidlanishicha, yakshanba kuni portga kema kelishi kerak, biroq Xitoy iltimosni rad etdi. 2017-yilda Xitoyga AQSh harbiy kemalari oxirgi marta tasodifiy tashrifni amalga oshirgan.  

2018 yildan beri AQSh va Xitoy o‘rtasida savdo urushi ketmoqda. Shu vaqt ichida mamlakatlar bir necha marta muzokara o‘tkazib, savdo qarama-qarshiliklarni hal qilish bo‘yicha yutuqlar qayd etilgan, ammo natijada baribir tovarlariga nisbatan import bojlarini oshirishdi.

O‘tgan juma kuni savdo nizosining oxirgi keskinlashuvi yuz berdi – Xitoy 1-sentabrdan 15-dekabrgacha 75 milliard dollarlik AQSh tovarlariga qo‘shimcha bojlarni kiritish niyatini e’lon qildi.

Bunga javoban AQSh 1-sentabrdan Xitoyning 300 milliard dollarlik tovarlarga 15 foiz, 1-oktabrdan boshqa guruh 250 milliard dollarlik tovarlarga 30 foiz bojni kiritishini e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0